15:53 / 20.05.2016
3474

OAV: Germaniya joriy yilda 200 ming qochoqni qabul qildi

Migratsiya va qochqinlar ishi bo‘yicha federal boshqarmasi joriy yilning boshidan Germaniyada 200 ming qochoqni qayd etdi. Bu haqida Hannoversche Allgemeine Zeitung gazetasi ma'lum qildi. 

O‘tgan yilning kuziga nisbatan (oktabr oyining o‘zida GFRga 180 ming muhojir kelgan)boshpana izlayotganlar soni sezilarli darajada pasaydi. 2015 yilning birinchi yarim yilligida boshqarma taxminan 179 ming qochoqni qayd etgan, butun 2014 yil yil ichida esa 203 ming qochqin GFRdan boshpana izlab kelgan. 

2015 yil yakunlariga ko‘ra, Germaniyada 1 milliondan ortiq qochqin qayd qilingan.

 

 

Top