21:37 / 21.05.2016
9742

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Afrika davlatlaridan biri bilan uchrashishi mumkin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2 iyunda Toshkentda Afrika terma jamoalaridan biri bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin. Bu haqda o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z tvitterida ma'lum qildi

"Yevropadagi do‘stlarimning aytishicha, 2 iyunda Toshkentga Afrika terma jamoalaridan biri kelishi mumkin. Bu jamoa FIFA reytingida Qirg‘izistondan balandroq o‘rinda turibdi", deb yozgan Alisher Nikimbayev.

Ta'kidlash joizki, 12 mayda O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan 2 iyunda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi ma'lum qilingandi. Biroq 8 kun o‘tib uchrashuv bo‘lmasligi ma'lum bo‘lgan.

Top