14:27 / 21.05.2016
5348

KXDRning yirik davlat mulozimi Kan Sok Chju 76 yoshida saraton xastaligidan vafot etdi

Koreya markaziy telegraf agentligining xabar qilishicha, Shimoliy Koreyaning ko‘zga ko‘ringan diplomati Kan Sok Chju 76 yoshida hayot bilan vidolashgan. 

Uning o‘limiga saraton xastaligi sabab bo‘lgan. Kan Sok Chju ko‘p yillar mobaynida Koreya mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasida xalqaro munosabatlar bilan shug‘ullangan, KXDR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lgan. 

O‘tgan asrning 90-yillarida Kan Sok Chju AQSh bilan muzokaralarda koreys delegatsiyasiga rahbarlik qilgan va kelishuvga erishgan edi. KXDR atom dasturi,  rasmiy Vashingtonning Shimooliy Koreyada yengil suvli reaktorlarni barpo etish va 2003 yilgacha foydalanishga topshirish bo‘yicha bergan va'dasiga muvofiq muzlatilgandi. Bungacha, mamlakat energetikasidagi tanqislik mazut yetkazib berish yo‘li bilan kompensatsiya qilinishi kerak edi. 

Biroq, 8 yil mobaynida KXDRga yengil suvli reaktorning tarkibiy qismlari olib kirilmadi. Bundan tashqari, AQSh mazut yetkazib berishni to‘xtatdi. 

Rasmiy Pxenyan o‘z navbatida, voqealarning bunday rivojida, yadro moratoriysiga amal qilishni maqsadga muvofiq emas, deb hisoblagan edi.

Top