22:25 / 22.05.2016
10070

Amerikalik egizak aka-uka boks tarixida noyob rekord o‘rnatishdi

Birinchi o‘rta vaznda IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Jyermall Charlo (24-0, 18 ta nokaut) WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq chempion Ostin Trautga (30-3, 17 ta nokuat) qarshi jangda hakamlarning bir ovozlik qarori bilan o‘z unvonini himoya qila oldi.

Shu boks kechasining yana bir jangida Jyermallning egizagi Jyermell Charlo (28-0, 13 ta nokaut) shu vazn toifasida 8-raundda Jon Jyeksonni nokautga uchratib, WBC yo‘nalishi bo‘yicha egasiz bo‘lgan jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, aka-uka Charlolar boks tarixida noyob natijaga erishishdi, ya'ni egizak aka-ukalar bir vazn toifasida bir vaqtning o‘zida jahon chempioni bo‘lishdi. Hanuzgacha bunday natija qayd qilinmagan edi.

Top