12:05 / 22.05.2016
10931

Buxoro viloyatida fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi o‘tkazildi

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Vobkent” mahallasida ochiqlik va muqobillik tamoyillari asosida fuqarolar yig‘ini raisi va ularning maslahatchilari saylovi o‘tkazildi. 

Tadbirda ishchi guruh rahbari yig‘ilganlarni mahalla yig‘ini raisligiga muqobillik asosida ko‘rsatilgan to‘rt nomzodning tarjimai holi, ijtimoiy faoliyati bilan tanishtirdi.

Bozor Ramazonov ko‘p yillardan buyon “Vobkent” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi vazifasida ishlab keladi. Bu vaqt davomida u hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini ta'minlash, ko‘chalarni obodonlashtirish, yoshlarni sportga jalb etish, aholi bandligi kabi muhim masalalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Keyingi 5 yilda hududda 50 ga yaqin kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yekti tashkil etilib, 150 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Bitiruvchi yoshlarning bandligini ta'minlash, shaxsiy biznesini boshlashi va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish ham mahalla raisining doimiy e'tiborida.

Saylov fuqarolar vakillari yig‘ilishi qaroriga asosan ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Ko‘pchilik ovoz bilan Bozor Ramazonov mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga qayta saylandi.

Saylovda vakillar tomonidan ko‘rsatilgan 26 nomzoddan 13 maslahatchi ham saylandi.

Top