18:58 / 22.05.2016
4564

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tramp bilan uchrashishga qarshi emasligini bildirdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bugun, 22 may kuni agar Donald Tramp respublikachilardan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘la olsa, bajonidil u bilan uchrashishini bildirdi. Bu haqda Associated Press xabar qildi. 

Shu bilan birga Britaniya hukumati rahbari Trampning AQShga kirishni vaqtinchalik taqiq o‘rnatish taklifiga qo‘shilmasligini bildirdi. Kemeronning aytishicha, bu g‘oya “noto‘g‘ri va nizo keltirib chiqaradi”. “Bunday narsalarni gapirish xavfli”, - deya qo‘shimcha qilgan bosh vazir. 

Fikrlar qarama-qarshiligiga qaramasdan, u Tramp bilan uchrashuvning yomon jihatini ko‘rmayotganini aytdi. 

“AQSh prezidentligiga nomzodlar odatda Yevropaga, Buyuk Britaniyaga safar uyushtiradi”, - dedi Kemeron. – Agar bu holat ushbu vaziyatda ham amalga oshsa, men faqat xursand bo‘laman”.

Top