16:16 / 22.05.2016
3947

Elvis Preslining gitarasi 334 ming dollarga sotildi

Elvis Presliga tegishli gitara Nyu-York auksionida 334 ming dollarga sotildi. 

Otasi - Vernon Presli o‘g‘liga Gibson Dove gitarasini 1969 yili Elvis karate bo‘yicha qora belbog‘ni qo‘lga kiritganda hadya qilgan. 

Shimoliy Karolina shtati Ashvillada bo‘lgan konsertda kichik Presli ushbu gitarani muxlislaridan biriga tortiq qiladi. U esa qadrli sovg‘ani shu kungacha saqlab kelgan. 

Julien's auksion uyi musiqa sanoati yulduzlarining buyumlari jamlanmasini kim oshdi savdosiga qo‘ydi. 

Boshqalar qatori Jon Lennon Being for the Benefit of Mr. Kite qo‘shig‘i matnini yozgan bir parcha qog‘oz 354,4 ming dollarga sotildi.

Maykl Jyekson 1996-97 yillari kiyib jahon turnesini o‘tkazgan pidjagi 256 ming dollar evaziga o‘z egasini topdi.

Top