20:31 / 22.05.2016
4433

Hindiston shimolida terrorchilar bilan to‘qnashuvlarda 5 nafar harbiy halok bo‘ldi

Hindistonning shimolidagi Manipur shtatida joylashgan Chandel okrugida terrorchilar bilan otishmada 22 mayda "Assam merganlari" xavfsizlik kuchlari bo‘limining 5 nafar harbiysi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat politsiyasi ma'lum qildi.   

Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra, hududni nazorat qilgan harbiylar guruhi pistirmaga tushib qolgan va jangarilar tomonidan otib tashlangan.

Manipur shtati Hindistonning eng notinch hududlaridan hisoblanadi. Bu yerda shtatning turli qismlariga muxtoriyat berilishini talab qiluvchi isyonchi etnik guruhlar harakat qiladi. Ular hukumatga qarshi qurolli kurash olib boradilar. 1979 yildan beri 10 mingdan ko‘proq odam bu to‘qnashuvlarning qurbonlari bo‘lgan.

 

Top