16:22 / 22.05.2016
5119

Misr prezidenti EgyptAir halokati bo‘yicha munosabat bildirdi

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy  OAVdan EgyptAir samolyotining O‘rta Yer dengizida qulab tushishi bo‘yicha turli taxminlardan spekulyatsiya yo‘lida foydalanmaslikni so‘radi.

"Ayni vaqtda barcha ssenariylarni ko‘rib chiqish mumkin. Hech qaysi taxminni istisno etib bo‘lmaydi. Halokat bo‘yicha bitta versiyani aniqlashtirib olishimiz kerak", deya intervyu bergan as-Sisiy o‘g‘it ishlab chiqariluvchi zavodlardan biriga tashrifi vaqtida.

U tekshiruvlar ko‘p vaqtni talab etishini, lekin haqiqat albatta yuzaga chiqishini bildirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 may kuni tongida Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirish chog‘ida EgyptAir aviakompaniyasining A320 rusumli samolyoti radarlarda yo‘qolib qoldi. Keyinroq samolyot Gretsiyaning Krit orolidan janubroqda qulagani tasdiqlandi. Uning bortida bo‘lgan 66 kishi halok bo‘lgan.

Bundan oldinroq EgyptAir samolyoti qurbonlaridan birining dafn marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Top