11:17 / 23.05.2016
10816

AQSh HHK rahbari: qayta tiklanayotgan Rossiya bizni xavotirga solmoqda

Amerika harbiylari, Rossiya va Xitoy harbiy aviatsiyasining harakatlaridan tashvishga tushmoqda, deb bayonot bergan AQSh harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Gerbert Karlayl The USA Today gazetasiga bergan intervyusida. 

Karlaylning aytishicha, Xitoy va Rossiya harbiy samolyotlari AQSh harbiy samolyotlarini quvib ushlash borasida ko‘proq jangovar topshiriqlarni bajarmoqda. 

General o‘z fikrlarining isboti  sifatida, Su-27 qiruvchisining Boltiq dengizi osmonida parvoz qilayotgan Amerikaning RC-135 ayg‘oqchi samolyotini quvib yetgani hamda xitoylik qiruvchilarning janubiy Xitoy dengizi osmoni kengliklaridagi harakatlarini yodga olgan.  

«Bizni o‘z harbiy qudratini tiklayotgan Rossiya va birmuncha agressiv kayfiyat namoyish etayotgan Xitoy xavotirlantirmoqda», — degan Karlayl.

Generalning fikricha, jahon maydonidagi keskinlikka barham berish, havo laynerlarini ushlash bilan bog‘liq vaziyatlarda o‘zaro tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida rus va xitoylik harbiylar bilan doimiy aloqani saqlab turish lozim. 

Karlaylning qayd etishicha, Rossiya sharqiy Yevropada, Xitoy esa Janubiy Xitoy dengizida o‘z nazoratini o‘rnatish niyatida. Biroq AQSh xalqaro havo kengliklari va xalqaro suvlarni tark etmaydi hamda har qanday agressiv va tahlikali harakatlarga munosib javob beradi.

Top