09:27 / 23.05.2016
4099

Daily Mail: «MYu» Mourinoga boshqa jamoalarning takliflarini qabul qilmasligi uchun 4 mln funt bergan

«Manchester Yunayted» rahbariyati va «Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino o‘rtasidagi kelishuvning bir jihati ma'lum bo‘ldi. Yaqin 1 kun ichida mankunianliklar klubining bosh murabbiyi sifatida e'lon qilishi kutilayotgan portugaliyalik mutaxassis ma'lum miqdordagi mablag‘ evaziga yarim yildan buyon ishsiz yurishga rozi bo‘lgan.

Daily Mail nashri ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar yanvar oyidayoq 5 yillik shartnomaga imzo chekishgan va uning qiymati 75 mln funtni tashkil qilmoqda. Shuningdek, «MYu» portugaliyalik mutaxassisga boshqa jamoa bilan kelishib olmaslik uchun yana qo‘shimcha 4 mln funt miqdorida «ko‘tarma puli» bergan.

Bundan tashqari, «qizil iblislar» rahbariyati kelishuvga Mourinodan murabbiyligi davridagi o‘yinlar vaqtida o‘zini yaxshi tutishi kerakligi bo‘yicha band kiritgan va bu bandga amal qilinmasa, jarima qo‘llanishidan ogohlantirgan.

Shuningdek, yozgi transferlar uchun Mourinoga 200 mln funt berilishi aytilgan.

Top