17:46 / 23.05.2016
9795

Deutsche Bank jahonning eng arzon milliy valyutasini ma'lum qildi

Germaniyaning Deutsche Bank moliya muassasasi iqtisodchilarining fikricha, bugungi kunda «jahonning eng arzon milliy pul birligi» Polsha zlotiysidir, deb xabar qilmoqda «Polsha radiosi». Bank tahlilchilariga ko‘ra, zlotiy qadri kamida 10 foizga past baholangan. 

Shu bilan birga, ekspertlar polyak pulining mustahkamlanishini aytishmoqda. Polsha iqtisodiyotining 2016 va 2017 yillarda kamida 3,5 foizga o‘sishi borasidagi taxminlar shunday fikrga asos bo‘lgan. 

Bundan tashqari, mamlakatda ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichining yuqoriligi saqlanib qolmoqda, ish haqi ko‘tarilmoqda, ishsizlik ko‘rsatkichi eng past darajada qayd etilayapti. 

Ta'kidlash joizki, nemis tahlilchilarining ma'lumotlari, Yevropa komissiyasining yaqinda e'lon qilgan hisobotini isbotlaydi. Unga ko‘ra, Polsha iqtisodiyoti 2016 yilda 3,5-3,7 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Top