19:21 / 23.05.2016
6283

Devid Kemeron rafiqasi uchun 2,1 ming dollarga minilgan avtomobil sotib oldi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron turmush o‘rtog‘i Samanta uchun 1495 funt sterling (2100 dollar) evaziga foydalanilgan Nissan Micra avtomobilini sotib oldi. Bu haqda The Telegraph xabar qildi.

Kemeron Oksfordshirda minilgan avtomobillar savdosi bilan shug‘ullanuvchi avtodilerdan moviy tusdagi Micra sotib olgan. 

Kompaniya egasi Layen Herrisga “bosh vazir uning avtoservisiga kelayotgani" haqida aytishganda u buni hamkasblarining hazili deb o‘ylagan. 

“U yetib kelganda men ko‘zlarimga ishonmadim. U bir yarim soatcha mashinalarni o‘rgandi va Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan avtomobil sotib olishni istashini aytdi”, - dedi Herris. 

Oxir-oqibat, Kemeron xotiniga kam benzin sarflaydigan mashina olib berishga qaror qilgan.

Top