14:37 / 23.05.2016
13522

Foto: «Lokomotiv» futbolchilari Makkani ziyorat qildi

Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi futbolchilari Umra ziyoratini amalga oshirishdi. Jamoa futbolchilari va xodimlari ziyorat vaqtida tushgan surat Facebook’dagi sahifaga joylashtirilgan.

Bu ziyorat jamoaning OChL nimchorak finalida Saudiyaning «Al-Hilol» klubiga qarshi 17 may kuni kechgan uchrashuvidan oldin amalga oshirilgan.

Saudiya Arabistonida «Al-Hilol» mehmoni bo‘lgan «temiryo‘lchilar» 0:0 hisobida durang o‘ynagandi.

Mazkur jamoalar ishtirokidagi javob o‘yini 24 may kuni Toshkentdagi «Lokomotiv» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Top