Hindistonda milliy mahsulot hisoblanadigan, ko‘p marta foydalansa bo‘ladigan raketa tashuvchi muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Bu haqda NDTV xabar qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, RLV-TD nomli raketa Andxra-Pradesh shtati Shrixarikota kosmodromidan Toshkent vaqti bilan soat 6:30 da uchirilgan. Raketa uchirilganidan 20 daqiqa o‘tgach, uning parvozi muvaffaqiyatli deb tan olindi.
Raketa qurilishiga 600 nafar hind olimlari 5 yil vaqt sarfladi. Uning qiymati 1,4 million dollarni tashkil etdi. Raketaning uzunligi - 6,5 metr, og‘irligi 1,75 tonna.