18:05 / 23.05.2016
50064

Instagram olami: Kiyinishi tanqid qilinishda davom etayotgan Lola, Shahzoda, otasini ilk marotaba ommaga tanishtirgan Munisa, Rayhon mavzusi va boshqalar

Adiz Rajabov G‘aybulla Hojiyevni 60 yoshi bilan qutladi 

Aktyor Adiz Rajabov ustoz san'atkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyevning suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirib, uni tavallud kuni bilan tabrikladi. G‘aybulla Hojiyevning surati ostiga quyidagi dil izhorlarini bitdi.
“Bugun ajoyib aktyor, samimiy va oliyjanob inson G‘aybulla Hojiyevning tavallud ayyomlari! Ustoz 60 yoshingiz muborak bo‘lsin. Hamisha yosh va navqiron bo‘lib yuring. Farzandlaringiz va nabiralaringizning rohatini ko‘rib yuring”. 

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Davron Kabulov va rafiqasi E'zozaning ilk surati tarqaldi

Bir oz avval xabar berganimizdek, bugun teleboshlovchi, shoumen, “Millon” jamoasi vakili Davron Kabulov uylanmoqda!
Davron Kabulovning bo‘lajak rafiqasi E'zoza bilan tushgan ilk surati avvaliga suratkashlardan birining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida joylashtirilib, keyinchalik bir necha internet sahifalari orqali tarqaldi. 
Davron Kabulovning to‘yi Toshkentda joylashgan muhtasham to‘yxonalarning birida bo‘lib o‘tadi.  

Muxlislar Lolaning ochiq-sochiq liboslarini tanqid qilishda davom etmoqda 


Xonanda Lola Yo‘ldosheva o‘zbek mentalitetiga zid bo‘lgan ochiq libosda sahnaga chiqqanligi uchun “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan tanqidga uchrab, litsenziyasi olib qo‘yilgan edi. Yaqinda litsenziyasini qaytarib olgan xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yana ochiq-sochiq liboslarda  namoyon bo‘lmoqda.

Manzura Barunning insoniylik fazilatlariga to‘xtaldi... 

Telekanallarning birida namoyish etilayotgan “Muhabbat tafti” hind serialida bosh rollardan birini ijro etgan Barun Sobti Toshkentda mehmon bo‘ldi. 
“To‘ylar muborak” festivali qoshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Barun Sobtini muxlislar yaxshi kutib olishgan. Ushbu jarayonlar muhrlangan bir juft suratlarni instagramdagi sahifasi orqali bo‘lishgan Manzura Arunning 40 ta davlat bo‘ylab serial yuzasidan uchrashuvda qatnashganini, uning samimiy va ochiqko‘ngil inson ekanligini qayd etdi. 

Modeler-dizayner Shahzoda Muhammedova kiygan libos muxlislar tomonidan tanqid qilindi

Modeler-dizayner, aktrisa Shahzoda Muhammedova instagramdagi sahifasida joylashtirgan suratda muxlislarga yoqmaydigan libosda namoyon bo‘ldi. Suratda Shahzoda Muhammedova rang-barang matolar joylashtirilgan peshtoqlarga boqqancha hayolga tolgan. Xoynahoy yangi libos ustida ish olib borayotgan bo‘lsa ajab emas. 

Munisa Rizayeva ilk marotaba otasini muxlislarga tanishtirdi


Munisa Rizayeva ommaviy axborot vositalarida bergan intervyusida ota onasi haqida ko‘p marotaba so‘zlagan, ammo ularning suratini muxlislarga oshkor etmagandi. Kuni kecha instagramdagi sahifasida otasining suratini joylashtirgan xonanda surat ostiga dil so‘zlarini yozib qoldirdi. 

Rayhon egizaklariga yaxshi ona bo‘lishga harakat qilmoqda

Intervyularning birida ijod bilan band bo‘lib, farzandlariga kamroq vaqt ajratayotganidan tashvishga tushgan Rayhon G‘aniyeva endi ko‘proq vaqtini ularga sarflashga urinmoqda. Farzandlari bilan o‘tkazayotgan har bir daqiqasini suratlarga muhrlab,  instagramdagi sahifasi orqali bo‘lishib borayotganidan xonandaning yaxshi ona bo‘lishga intilayotganini payqash qiyin emas.

Sardor Rahimxonning onasi “instagramchilar”ga  salom yo‘lladi


Sardor Rahimxon ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida onasining suratini joylashtirib, onasi instagram foydalanuvchilariga salom yo‘llaganini qayd etdi.

Top