19:24 / 23.05.2016
6922

Yo‘lovchilarni reysdan chetlatuvchi eng ajabtovur sabablar ro‘yxati ma'lum qilindi

Britaniyaning Daily Mail gazetasi yo‘lovchilarni reyslardan chetlatuvchi eng g‘alati sabablar haqida ma'lum qildi

Ro‘yxatga yaqinda Pensilvaniya universiteti professori Gvido Mentsio bilan American Airlines'da yuz bergan voqea ham kiritildi. Iqtisodchi tenglama yechayotgan bo‘lgan, ammo uni yaqin sharqlik terrorchi deb o‘ylashgan. Mentsioning yonida o‘tirgan yo‘lovchi ayol undan shikoyat qilgan, oxir-oqibat professorga o‘z o‘rniga borib o‘tirishga ruxsat berishgan. 

2011 yilning dekabrida mashhur Hollivud aktyori Alek Bolduin telefonni o‘chirishdan bosh tortgani (aktyor Words With Friends so‘zlar o‘yinini o‘ynayotgan bo‘lgan) hamda ekipaj a'zolariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani tufayli reysdan chetlatilgan. Voqea American Airlines bortida sodir bo‘lgan. 

2011 yilning sentabrida Greenday guruhining vokal ijrochisi Billi Jo Armstrong "haddan ortiq" tushirilgan shimi tufayli samolyot salonidan chiqarib yuborilgan.

2013 yilning may oyida American Airlines samolyoti rejadan tashqari qo‘nishni amalga oshirishiga to‘g‘ri kelgan, chunki yo‘lovchilardan biri Uitni Xyustonning "I Will Always Love You" qo‘shig‘ini to‘xtamasdan kuylayvergan. 

2011 yilning martida Horizon Air yo‘lovchisini "haddan tashqari uzun oyoqlari" sabab samolyotni tark etish so‘ralgan. Bort kuzatuvchilari uning o‘tish yo‘lakchasini to‘sib qo‘yganini ta'kidlashgan, ammo boshqa joyga o‘tkazishni taklif qilishmagan. Keyinchalik aviakompaniya yo‘lovchidan uzr so‘ragan. 

2016 yilning aprelida musulmon yo‘lovchi ayol - Hakima Abdul Southwest Airlines reysidan chetlatilgan, sababi - u deb bort kuzatuvchisi o‘zini "noqulay" his etgan.

2015 yilning avgust oyida bir ayol kuchugini maxsus sumkaga joylashtirishdan bosh tortgani uchun United Express samolyotini tark etgan.

2014 yilning noyabrida esa "boshqarib bo‘lmaydigan to‘ng‘iz" va uning egasi US Airways reysidan chetlatilgan.

Top