11:27 / 23.05.2016
4123

OAV: Ibrahimovich "MYu"ning murabbiylar shtabida Mourinoga yordamchi bo‘lishi mumkin

2012 yildan buyon "PSJ" safida o‘ynab, klubni mavsum yakunida shartnomasi muddati tugagani tufayli erkin agent sifatida tark etgan shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich "Manchester Yunayted" jamoasiga borib qo‘shilishi kutilmoqda.

"Qizil iblislar" 34 yoshli futbolchi uchun g‘ayrioddiy shartnoma tayyorlashmoqda. 

Sportbladet nashrining xabariga ko‘ra, agar "MYu"ga Joze Mourinyu keladigan bo‘lsa, Zlatan murabbiylar shtibidan joy egallaydi. 

Ammo, Ibrahimovich birinchi mavsumni futbolchi sifatida "Yunayted" tarkibida o‘tkazadi va o‘ynovchi-murabbiy bo‘ladi. Kelasi mavsumdan boshlab esa to‘laqonli ravishda yordamchi murabbiyga aylanadi.

Top