Sport | 10:53 / 23.05.2016
5149
1 daqiqa o‘qiladi
«Shalke» futbolchisi Noyshtedter Rossiya pasportini olish uchun Germaniya fuqaroligidan voz kechdi
«Shalke» jamoasi yarim himoyachisi Roman Noyshtedter Germaniya fuqaroligidan voz kechgan. TASS agentligi xabariga ko‘ra, u Rossiya pasportini olish uchun shunday qarorga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy tomonidan Yevropa chempionatida qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgandi. Slutskiy va Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko bir necha marta futbolchining Rossiya pasportini olish masalasi yaqin vaqt ichida hal bo‘lishini bildirgan.
Germaniya qonunchiligiga ko‘ra, boshqa mamlakat fuqaroligini olgan germaniyaliklar nemis pasportidan mahrum bo‘ladi.