00:41 / 24.05.2016
5058

AQSh elchisi "Tolibon" yetakchisiga zarba berilishi yuzasidan Pokiston tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi   

AQShning Islamoboddagi elchisi Devid Xeyl AQSh uchuvchisiz parvoz qurilmasi tomonidan Pokiston hududiga zarba berilishi yuzasidan Pokiston tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.  

"AQSh elchisi Devid Xeyl Pokiston bosh vazirining xorijiy ishlar bo‘yicha yordamchisi Said Tarik Fotimiy tomonidan 21 mayda Pokiston hududiga berilgan aviazarba bo‘yicha xavotirni bildirish uchun chaqirtirildi", deb aytilmoqda xabarda.

Pokiston tashqi ishlar vazirligida zarba Pokiston suverenitetining buzilishi ekanligi ta'kidlab o‘tildi. 

Avvalroq AQSh uchuvchisiz parvoz qurilmasi yordamida Pokistonning g‘arbidagi Kvetta shahriga raketa zarbasi berildi, zarba oqibatida "Tolibon" harakati yetakchisi Axtor Mansur o‘ldirilgan.

Top