16:33 / 24.05.2016
5736

AQShda baliqchi dengiz tubidan suzib chiqqan qalqini tutib oldi

Kaliforniyada AQSh Geologiya xizmati va Deniel Sherer ismli baliqchi o‘rtasida noodatiy sud jarayoni bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Arstechnica.uk.

Joriy yilning 15 yanvarida baliqchi kemasining yonidan ilmiy qalqi (poplavok) suzib o‘tdi va u kema vintlariga zarar yetkazdi. Buning natijasida kema to‘rt kunga ishdan chiqdi. Sherar qayqini tutib olib, "uni  asirlikka oldi" hamda yetkazilgan zarar qoplangandan keyingina qurilmani Geologiya xizmatiga topshirishini ma'lum qildi. Kemani ta'mirlash ishlarini Sherar 13 ming dollarga baholadi. 

Unga javoban Geologiya xizmati sud orqali qalqini qaytarishni va 115 ming dollar miqdoridagi tovon pulini to‘lashni talab qildi. Sherar kemani qayta ta'mirlashga kerakli mablag‘ni olgandan keyingina qalqini istagan vaqt berib yuborishini bildirdi. Natijada 24 may kuni ilmiy qurilma Geologiya xizmatiga qaytarildi, biroq baliqchi talab qilingan tovon pulini olganicha yo‘q. 

"Ular menga sudda g‘alaba qozonish va tovon puli to‘lamaslik uchun davlatning puli yetarlicha ekanligini aytishdi", - deya ma'lum qildi Sherer.

Top