14:43 / 24.05.2016
5390

Ekspertiza natijalari EgyptAir bortida portlash bo‘lganini ko‘rsatmoqda

EgyptAir aviakompaniyasining O‘rta Yer dengizida halokatga uchragan A320 samolyoti qoldiqlarida o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza natijalari ushbu halokatga bortda yuz bergan portlash sabab bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda AR xabar tarqatgan.

"Bortda yong‘in chiqqan. Datchiklar hojatxonada tutun bo‘lganidan xabardor qilgan", deyiladi manbada.

Eslatib o‘tamiz, Misrning EgyptAir aviakompaniyasiga tegishlt A320 samolyoti 19 may kuni Parijdan Qohiraga MS804 reysini amalga oshirish chog‘ida O‘rta Yer dengizi osmonida radarlardan yo‘qolib qoldi. Keyinroq samolyot Krit orolidan 250 km janubda qulab tushgani aniqlandi.

Uning bortida 56 yo‘lovchi hamda ekipajning 10 nafar a'zosi bo‘lgan.

Top