19:20 / 24.05.2016
5509

Xitoylik milliarder mamlakatda barpo etilayotgan Disneylendni "vayron" qilishini bildirdi

Xitoyning ko‘chmas mulk va ko‘ngilochar sohalar bo‘yicha milliarderi Vang Jianlin Disney’ning Xitoydagi rejalarini, 10-20 yilga barbod qilishidan ogohlantirdi

Jianlinning aytishicha, o‘ziga qarashli Dalyan Vanda Grup (Dalian Wanda Group) kompaniyasi yirik ko‘ngilochar parkini barpo etish bilan Disneyning 5 mlrd dollarlik biznesini kasodga uchratishni rejalashtiryapti. Xitoydagi yirik Disneyland kelasi oy Shanxayda ochilishi kutilayapti. 

"Disney rostdan ham Xitoyga kelib xato qildi", - degan Vang Xitoy davlat televideniyesiga bergan intervyusida. "Uning moliyaviy istiqbollari, mening nazdimda unchalik ham yaxshi ko‘rinmayapti".

Uning fikricha, Shanxayning iqlimi, ochiq havoda ko‘ngilochar park qurishga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, Amerika kompaniyasi chipta narxlarining yuqoriligi sabab mijozlarni ham yo‘qotishi turgan gap. 

Disney’ning matbuot kotibasi esa, Vangning eslatmalari, javob qaytarishga arzimaydi, degan fikrni bildirgan.

Top