16:05 / 24.05.2016
3170

Rossiya va Misr ikkinchi sun'iy yo‘ldosh yaratishga kelishdi

Rossiya hamda Misr yana bitta masofali Yer sun'iy yo‘ldoshi EgyptSat ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “Energiya” raketa-fazo korporatsiyasi prezidenti Vladimir Solntsev so‘zlariga tayanib RIA Novosti xabar qildi

Misr “Energiya” raketa-fazo korporatsiyasi buyurtmasiga asosan yaratilgan EgyptSat-2 Yerni kuzatish masofali sun'iy yo‘ldoshi Baykonur kosmodromidan 2014 yil 16 aprelda uchirilgan. Shartnoma qiymati 40 million dollarni tashkil etgan. 2015 yil yanvarda sun'iy yo‘ldosh boshqaruvi misrlik mutaxassislar qo‘l ostiga o‘tkazilgan. Keyinroq “Kommersant” gazetasi 2015 yil mayda sun'iy yo‘ldosh harakatlanishdan to‘xtagani, keyin esa butunlay yo‘qolgani to‘g‘risida xabar qilgan.

Top