15:03 / 24.05.2016
3598

Singapur 32 yil ichida birinchi marta tijorat bankini litsenziyasidan mahrum etdi

Singapur moliyaviy ma'muriyati, Shveytsariyaning BSI tijorat bankining shahar-davlatdagi shoxobchasiga berilgan litsenziyani bekor qildi. Bunday qaror, Singapur tarixining so‘nggi 32 yilida birinchi marta qabul qilinmoqda. 

Singapur moliya boshqarmasi, BSI bankiga yuborgan izohida aytilishicha, «bank xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan jiddiy qoidabuzarliklar, daromadlarni noqonuniy o‘tkazishga oid qonunchilik talablari buzilishi, bank amaliyotlari ustidan boshqaruv nazoratining samarasiz o‘rnatilgani», litsenziyaning bekor qilinishiga olib kelgan. 

Bu xabardan so‘ng, Shveytsariya bosh prokuraturasi BSI bankiga nisbatan, kredit tashkilotini ichki tashkil etilishida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini vaj qilib, jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Bunga Malayziyaning davlat investfondi 1Malaysia Development Berhad (1MDB)ga nisbatan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida taqdim etilgan axborot sabab bo‘lgan.

Malayziya parlamenti qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 1MDB tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy operatsiyalar summasi kamida 4,2 mlrd dollarni tashkil etadi. Qo‘mita davlat fondi qoshida tashkil etilgan va Singapur bosh vaziri Najib Razak rahbarlik qiladigan maslahat kengashini tarqatib yuborish taklifini ilgari surgan edi. 1MDB va Razak, o‘z navbatida, qonunni buzganliklarini inkor etmoqda. 

2015 yili Razak 1MDB fondidan 681 mln AQSh dollari miqdorida pora olganlikda gumon qilingan edi. Malayziya korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasining ma'lum qilishicha, bu mablag‘ noma'lum shaxs tomonidan g‘arazli maqsadda amalga oshirilgan hadya bo‘lgan. Singapur prokuraturasi, 2016 yil yanvar oyi oxirlarida ushbu mashmashaga oydinlik kiritib, Razakning shaxsiy bank hisobiga o‘tkazilgan mablag‘lar, Saudiya Arabistoni podshohlik oilasidan hadya ekanini e'tirof etgandi. 

24 may kuni BSI Group’ning bosh direktori Stefano Koduri iste'foga chiqqani xususida ma'lum qildi. BSI boshqaruvining bildirishicha, bank Shveytsariya va Singapur tergovchilari bilan hamkorlik qilmoqda.

Top