16:42 / 24.05.2016
4325

ShHT: Afg‘onistondagi ichki ziddiyatlar afg‘onlar tomonidan hal qilinishi kerak

2016 yilning 23-24 may kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, ularning rivojlanish tendensiyalari, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkmalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda ShHTga a'zo davlatlar xalqaro munosabatlar xalqaro huquqqa, jumladan BMT Nizomining maqsad va tamoyillariga asoslanishi kerakligi va ushbu munosabatlarda BMTning markaziy muvofiqlashtiruvchi sifatidagi rolini yanada mustahkamlash tarafdori ekanliklari ta'kidlandi. Bu, avvalo, dunyoda barqarorlik va xavfsizlikni, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mustaqillik, tenglikni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy qurilish va o‘z rivojlanish yo‘lini mustaqil tanlash huquqi, o‘zaro suvernitetni hurmat qilish, hududiy yaxlitlik, ichki ishlarga aralashmaslik, xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslikni ta'minlash bo‘yicha birgalikda harakat qilishga tegishlidir.

TIV rahbarlari qayd etganlaridek, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlining tez orada tiklanishi mintaqadagi xavfsizlikni saqlash va mustahkmalashning asosiy omili hisoblanadi. Ular Afg‘onistondagi ichki ziddiyatlarni hal qilish butun xalqni yarashtirish jarayonlarini olg‘a surish orqali va afg‘onlar rahbarligida va afg‘onlar tomonidan amalga oshirilishi kerak deb hisoblaydilar. Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro hamkorlikda BMT markaziy muvofiqlashtiruvchi rolini o‘ynashi kerak.

Qurolsizlantirish va qurollanish ustidan nazorat o‘rnatish, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik hamda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish masalalarida yaqindan hamkorlik qilish zarur ekanligi e'tirof etildi. Shu nuqtayi nazardan har bir tomon uchun tez orada kuchga kiradigan “Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to‘g‘risida”gi shartnomaga xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi protokol yadro qurollarini taqramaslik global rejimini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shadi.

Top