18:40 / 24.05.2016
15517

Toshkent shahrida 11 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir etildi

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida xabar berilishicha, 24 may tonggi sakkizlar atrofida Toshkent shahridagi Ganga ko‘prigida 11 ta avtomobil ishtirokida yo‘l transporti hodisasi sodir bo‘lgan.

Foydalanuvchilar qoldirgan izohdan ma'lum bo‘ladiki, YTHlar ko‘prikning turli qismlarida sodir bo‘lganligini anglash mumkin. Ulardan birida beshta avtomobil o‘zaro to‘qnashib ketgan bo‘lib, ikkinchi YTH oltita avtomobil ishtirokida sodir etilgan. Ayrim foydalanuvchilar yana ikkita avtomobil bilan YTH sodir bo‘lganini qayd etishgan.

Jabrlanganlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. YPX xodimlari mazkur vaziyatni o‘rganishayotganini bildirib o‘tishgan.

Top