12:43 / 24.05.2016
6102

Tojikiston prezidenti Rossiya IIV rahbari bilan uchrashdi

24 may kuni Tojikiston respublikasi prezidenti Emomali Rahmon Rossiya federatsiyasi Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsevni qabul qildi.

Tojikiston prezidentining matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat chog‘ida Tojikiston va Rossiya IIV o‘rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi ahamiyati to‘g‘risida gaplashilgan.

Tojikiston rahbari terrorizm, diniy ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi kabi jinoyatlarning oldi olinishida tomonlarning hamkorligi kengaytirilishi kerakligi qayd etilgan.

Shuningdek, uchrashuvda muhojirlik masalalaridagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Tomonlar suhbat yakunida uchrashuvning samarali o‘tgani ta'kidlanib, ikki tomonning huquq-tartibot organlari o‘rtasidagi aloqalar kelgusida yanada rivojlanishiga ishonch bildirilgan.

Top