16:23 / 24.05.2016
4155

Turkiya Yevropaga kasal va savodsiz qochqinlarni tanlab yubormoqda

Turkiya migratsiya kelishuvi doirasida Yevropa Ittifoqiga faqat kasal va savodsiz  qochqinlarni yubormoqda. Bu haqda The Telegraph nashri yozdi

Nashrga ko‘ra, YeI rasmiylari Turkiyani qochqinlarni ataylab saralashda ayblamoqda. Bryussel rasmiy shaxslari Anqara sog‘ligi yomon va savodi past qochqinlarni Yevropaga yuborib, o‘ziga Yevropa jamiyatida oson moslashib ketishi mumkin bo‘lgan sog‘lom va ma'lumotli qochqinlarni olib qolayotganini iddao qilmoqda. 
Manbada keltirilishi bo‘yicha, Anqara boshpana so‘ragan suriyalik shifokorlar, muhandislar va olimlarni YeIga ketishiga ataylab to‘sqinlik qilmoqda. 
Nashr bilan suhbatda bo‘lgan Turkiya vakili uning uch milliondan ortiq qochqinlarni qabul qilgan mamlakati kimni olib qolishni tanlashga haqqi borligini ma'lum qildi.

Top