19:13 / 24.05.2016
6207

O‘zbek olimlari zilzila darakchilarini qayd qilish qurilmasini ixtiro qilishdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi S.A.Azimov nomidagi "Fizika - Quyosh" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti olimlari zilzila darakchilarini qayd qilish qurilmasini yaratishdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur model yadro fizikasida, jumladan texnikada kosmik nurlarining past energiyalar zarrachalarini tadqiq qilish va bir paytning o‘zida neytronlar va zaryadlangan zarrachalar oqimining intensivligini qayd etish, zilzilalarni qisqa muddatli prognozlash va seysmik aktivlik ustidan nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.

Mualliflar - Maxsudov Asatulla, Lutpullayev Sagdulla, Nuritdinov Xusnitdin va Shayakubov Diyorga ushbu qurilma uchun № FAP 01088 raqamli patent berildi.

Top