12:10 / 25.05.2016
5836

Amerikalik geymer Uncharted 4 o‘yinini real hayotda o‘ynab ko‘rdi

Amerikalik videoblogerlar jamoasi Uncharted 4: A Thief's End o‘yinini real hayotda qanday ko‘rinishini namoyish etuvchi rolik suratga olishdi. Videoda o‘yin qahramoni kabi kiyingan kishi bir pana joydan ikkinchisiga harakatlanib, dushmanlariga qarata o‘q otadi va o‘zi ham hujumlardan qochadi. «Letspley» kuchli portlashlar va havoda uchayotgan o‘q izlarini namoyish etuvchi yorqin grafik ta'sirlarga ega.  

Uncharted 4: A Thief's End — Naughty Dog studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Sony PlayStation 4 uchun mo‘ljallangan sarguzasht-ekshn videoo‘yinidir. O‘yin namoyish qilingan sanadan boshlab bir haftani ichida butun dunyo bo‘ylab 2,7 million nusxada sotilgan. Uncharted 4 o‘yiniga oddiy foydalanuvchilar bilan birga o‘yin ishqibozlari ham yuqori baho berishgan. Shuningdek, ko‘pchilik ekshnning taasurotlarga boy ekanini qayd etgan. 
 

Top