17:00 / 25.05.2016
3148

Xitoyda mobil tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish uchun haqiqiy ism-sharifdan foydalanish shart qilindi

Xitoy sanoat va informatika vazirligi xabarida aytilishicha, endilikda Xitoy mobil aloqasidan foydalanuvchilar, tarmoqda ro‘yxatdan o‘tishda haqiqiy ism-shariflarini qo‘llashlari shart. 

Mobil telefon raqami egalari, 2017 yil 30 iyunidan kechikmay, o‘z operatorlarida asl ism-shariflari bilan qayta ro‘yxatdan o‘tishlari kerak. Bundan tashqari, operatorlar va ularning dilerlari, mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini jiddiy ko‘zdan kechirishi, ro‘yxatdan o‘tish qoidalarini o‘rganishi hamda bir shaxs nomiga bir nechta sim karta taqdim etish to‘g‘risidagi arizani diqqat bilan ko‘rib chiqishi lozim bo‘ladi.

Mabodo, foydalanuvchi o‘z vaqtida qayta ro‘yxatdan o‘tmasa yoki rad etsa, uning telefoni  mobil aloqa tarmog‘idan uzib qo‘yilishi mumkin. 

Hukumat vakillarining ma'lum qilishicha, bunday choralar, kommunikatsion aloqa vositalari yordamida firibgarlik ishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirilmoqda.

Top