18:09 / 25.05.2016
47409

Instagram olamida nima gaplar?  

Oydin Yusupova va Jamila G‘ofurova kiygan libos muxlislar nishoniga uchradi 

Aktrisa Oydin Yusupova instagramdagi sahifasida Jamila G‘ofurova bilan birgalikda tushgan suratini joylashtirib, ushbu surat muxlislar tomonidan qattiq tanqid ostiga olindi.

Suratda aktrisalar o‘zlari kiyib olgan liboslarni xuddi modellardek namoyish qilgan. Muxlislar esa aktrisalarning to‘y libosini kiyib, uni modellar kabi namoyish qilishini hazm qilolmagan. 

Muxlislarning o‘zi haqidagi yozib qoldirgan ayovsiz tanqidlaridan ranjigan Oydin Yusupova ularga javob qaytarib, bu saytlarning biri tomonidan kiyim do‘konini reklama qilish maqsadida uyushtirilgan loyiha, parodiya ekanligini ta'kidlagan.

Shuningdek, aktrisa muxlisi tomonidan yozib qoldirilgan qo‘pol gaplarga o‘zining “achchiq” gaplarini javob tariqasida yozib, muxlisni insofga keltirmoqchi bo‘lgan.

Muxlislardan biri aktrisa Jamila G‘ofurova sha'niga zid bo‘lgan qo‘pol so‘zlarni yozib qoldirgan bo‘lsa, yana bir muxlis Jamila G‘ofurovaning “olasi tashqarida bo‘lgani uchun” u haqida hamma salbiy fikrdaligini, ammo hayotda yaxshi insonligini yozib qoldirgan.

Akbarxo‘ja Rasulov Asal Shodiyevaning instagramdagi sahifasi noma'lum shaxslar tomonidan o‘zlashtirilganini ma'lum qildi

Ko‘p o‘tmay aktrisa So‘g‘diyona Azimova ham bizga murojaat qilib, hakerlar uning akkauntini ham buzishgani, uning nomidan ko‘pchilik san'atkorlarga havola jo‘natishayotgani, adashib qolmasliklarini tayinladi.

Davron Kabulov to‘yida eski o‘zbek an'anasini qayta tiklandi 

Davron Kabulovning katta shov-shuvga aylangan to‘yi va undan olingan lavhalar san'atkorlarning instagramdagi sahifasida ham ommalashdi.

Alisher Uzoqov joylashtirgan videolavhada Kabulovning kuyovnavkarlari ikki qavvatli Double decker avtobusida ketayotganini ko‘rish mumkin. 

Aytish mumkinki, kelin dugonalar va kuyovnavkarlarning kelin va kuyovni olib kelish uchun avtobusda borish odati Davron Kabulov tomonidan qayta tiklanib, shunchaki bu  zamonaviy tarzda tus oldi xalos. Ayrim muxlislar bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlab, o‘zbekchiligimizdan faxrlangan bo‘lsa, bazilar bu eski udum ekanligini izoh tarzida yozib qoldirgan. 

Ma'lumot uchun: Davron Kabulov to‘yida foydalangan ushbu ikki qavatli Double decker avtobusi 55 yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan. Ushbu avtobusda Toshkent bo‘ylab ikki yarim soatli sayr qilish narxi kattalar uchun 35 ming so‘mni tashkil qiladi. 

Top