22:51 / 25.05.2016
3040

Qirg‘iziston parlamenti sudlarga ekstremist va terrorchilar saytlarini tezkorlik bilan to‘sishga ruxsat berdi

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari mamlakatning Fuqarolik-protsessual kodeksi va "Ekstremistik faoliyatga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonuniga tuzatishlar kiritish qonun loyihasini ma'qulladilar. Bu qonun loyihasi ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurashish choralarini qat'iylashtirishni ko‘zda tutadi. Bu haqda parlament ma'muriyatida TASS axborot agentligi muxbiriga ma'lum qilindi

"Qonun loyihasi uchta o‘qishda qabul qilindi, u internetda ekstremistik va terrorchilik g‘oyalarini saqlovchi saytlarni tezkorlik bilan to‘sishni ko‘zda tutadi. Deputatlar tomonidan ma'qullangan tuzatishlar sudlar tomonidan prokuraturaning bunday saytlarni to‘sish bo‘yicha buyrug‘ini ko‘rib chiqish muddatini 3-5 kungacha qisqartirishga imkon beradi. Avval bunga bir necha hafta va hattoki oylar talab qilinardi. "Tuzatishlar u prezident tomonidan ma'qullangandan keyin rasman kuchga kiradi", deb ta'kidlab o‘tildi parlamentda.    

"Bu qonun loyihasini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish uchun kiritish tashabbusini hukumat bildirdi, u tegishli qarorni yanvar oyida qabul qilgandi", deb ta'kidlab o‘tildi ma'muriyatda.

Qirg‘iziston huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra, Suriya va Iroqda ekstremistlar tomonidan jang qilish uchun mamlakatdan umumiy hisobda 508 fuqaro ketgan. Ularning aksariyat qismi ijtimoiy tarmoqlar, mobil dasturlar va saytlar yordamida yollangan.

Top