11:14 / 25.05.2016
3682

Kobul yaqinidagi terakt tufayli 10 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri yaqinida navbatdagi terakt amalga oshirilishi natijasida kamida 10 kishi halok bo‘ldi va 3 kishi jarohatlandi. Bu haqda Tolo News xabar tarqatdi.

Xabar qilinishicha, terakt poytaxtdan bir necha kilometr g‘arbda joylashgan Pag‘mon shaharchasi hududida sodir etilgan.

Terakt tafsilotlari aniq keltirilmagan. Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.

Top