08:16 / 25.05.2016
5667

"Roskosmos" eng yirik aviakoinot ko‘rgazmasida ishtirok etishdan bosh tortdi

Rossiyaning "Roskosmos"  davlat korporatsiyasi aviakoinot sohasidagi eng yirik ko‘rgazma – Farnborough 2016’da ishtirok etmaslikka qaror qildi. Bu ko‘rgazma Buyuk Britaniyaning Xempshir grafligida 1948 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Bu haqda "Izvestiya" gazetasi ma'lum qildi. 

Ushbu qaror Buyuk Britaniyaning 2015 yilda DSEI-2015 harbiy texnika ko‘rgazmasida Rossiyaning ishtirok etishini rad etgani sababli qabul qilindi.
 
"Inglizlar buni "Buyuk Britaniya hukumati tomonidan kiritilgan sanksiyalar hamda Jahon savdo tashkiloti liniyasi bo‘yicha hamkorlikni cheklash sababli mudofaa va xavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi istalgan Rossiya tashkilotlari va ularning vakillarini Buyuk Britaniya hududidagi har qanday ko‘rgazmalardagi ishtirokini imkonsiz qilishi bilan tushuntirishgandi", deb "Roskosmos" bosh direktori o‘rinbosari Sergey Savelev imzolagan xatdan parcha keltirmoqda nashr.

Joriy yilda "Roskosmos" shouda koinot qurilmalarini ishlab chiqaruvchi rossiyalik korxonalar birlashtiriladigan yagona stendni o‘rnatishi kerak edi.

Top