22:07 / 25.05.2016
4905

Shtaynmayyer Savchenkoning almashtirilishini Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ishonchning mustahkamlanishi deb aytdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyer Rossiyada 22 yilga ozodlikdan mahrum qilingan ukrainalik harbiy uchuvchi Nadejda Savchenkoning rossiyaliklar Yevgeniy Yerofeyev va Aleksandr Aleksandrovga almashtirilishi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro ishonchning mustahkamlanishiga ijobiy ta'sir qilishiga ishonchi komilligini aytdi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle nashri.

Shtaynmayyer Savchenkoning ozod etilishining Minsk kelishuvlarining amalga oshirilishi jarayoniga "ijobiy impuls" berishini qo‘shimcha qildi.

"Bu biz ishlagan, biroq natijasini uzoq kutgan yaxshi yangilikdir. Men baxtiyorman va o‘zimni yengil his qilmoqdaman", deb aytdi Shtaynmayyer.

Bundan tashqari, Shtaynmayyer Savchenkoga uning ishi bo‘yicha qarorning qabul qilinishi davomida putur yetgan sog‘lig‘ini tiklab olishini tilab qoldi va uning barcha o‘ylari u va uning oilasi" bilan ekanligini qo‘shimcha qildi.

Top