16:48 / 25.05.2016
3822

Turkiya vaziri: YeI mamlakat uchun yagona yo‘l emas

Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lish istiqbollari muhim ahamiyatga ega, ammo bu Turkiya oldidagi yagona tanlov emas, deb bayonot bergan mamlakatning YeI ishlari bo‘yicha yangi vaziri Umar Chelik, sobiq vazir Vulqon Bo‘zqirdan vakolatlarni qabul qilish marosimida. 

"YeIga a'zo bo‘lish masalasi, hukmron partiya hokimiyat tepasiga kelgach, Davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Biz uni davom ettirishni xohlaymiz, ammo YeI o‘zining qonuniy huquqlarini himoya qilib, mamlakat tinchligiga rahna soluvchi terrorizmga qarshi kurash olib borayotgan Turkiyaga nisbatan ikki xil siyosat yuritishiga ham yo‘l qo‘ya olmaymiz. Albatta, Turkiyaning YeI bilan munosabatlari teng huquqlilik negizida barpo etilgan. Turkiya uchun YeI tarkibiga kirish muhim masala, ammo bu yagona tanlov emas", — degan Umar Chelik.

Eslatib o‘tamiz, YeI Turkiya fuqarolariga vizasiz tartibni joriy qilish uchun, mamlakatning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qonunchiligini o‘zgartirishni talab qilmoqda. 

Turkiya davlat rahbari Erdo‘g‘an esa, Turkiya o‘zining aksilterror qonunini o‘zgartirmasligi haqida bayonot bergan va YeIni ikkiyuzlamachilikda ayblagandi.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.

Top