15:03 / 25.05.2016
5835

Jahon banki O‘zbekistonda kadastr tizimini yaxshilash uchun 20 mln dollar kredit ajratdi

2016 yil 24 may kuni Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasiga 20 mln dollar miqdorida kredit ajratishga qaror qilgan. Kredit transhi O‘zbekiston ko‘chmas mulk kadastri va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini modernizatsiya qilish loyihasiga yo‘naltiriladi. 

Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekiston elektron hukumati tuzilmalari va xizmatlari doirasiga kiruvchi ko‘chmas mulk kadastri va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimiga kirishni yaxshilash, uning samaradorligini oshirishdir. 

Loyiha mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash va asrning o‘rtalariga kelib, sanoati rivojlangan davlatlar ro‘yxatidagi mamlakatlarning yuqori guruhidan joy olishiga yordam berishni ko‘zda tutadi.

U Respublika bo‘ylab amalga oshiriladi hamda Respublika yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasida ko‘chmas mulk yagona elektron reyestri hamda kadastrini tashkil etishga qaratiladi.

Top