20:36 / 26.05.2016
6952

Chechenistonda sud 2 ukrainalikni chechen urushida ruslarni o‘ldirgani uchun qamoqqa hukm qildi

Grozniy sudi ukrainalik Nikolay Karpyukni 22,5 yil, Stanislav Klixni 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi. Bu haqda advokat Ilya Novikov o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

Uning aytishicha, sud Klix va Karpyukka advokatlar Marina Dubrovina hamda Dok Itslayevga munosabatlari uchun alohida jazo belgilagan.

Sud jarayonida ular "advokatlarga tuhmat qilgani" qayd etilgan.

Bundan oldinroq sud hakamlari bu ukrainaliklarni 1994—1995 yillardagi birinchi Checheniston urushida ishtirok etib, rossiyalik askarlarni o‘ldirganlikda aybdor deb topgandi.

Sudda Karpyuk va Klix o‘zlarining aybsiz ekanliklarini ta'kidlagan va hibsga olishdan keyin o‘zlariga nisbatan qiynoq usullaridan foydalanilganini bildirishgan.

Xususan, Karpyuk rossiyaliklar o‘zining Ukrainadagi yosh o‘g‘lini topib qiynoqqa solish bilan tahdid qilishganini aytgan.

Top