17:59 / 26.05.2016
8774

Gorbachyovning Ukrainaga kirishi taqiqlandi

Sobiq siyosatchi, Sobiq Ittifoqning ilk prezidenti Mixail Gorbachyovning Ukraina hududiga kirishi taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda Ukraina Xavfsizlik xizmatidagi manbaga asoslangan holda "112 Ukraina" telekanali xabar tarqatgan.

«Ukrainskoy pravdy» ma'lumotiga ko‘ra, Gorbachyovga 5 yil muddatga Ukraina hududiga kirish taqiqlab qo‘yilgan.

Gorbachyovning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qrimni qo‘shib olish qarori to‘g‘ri ekanligi haqidagi bayonotiga rasmiy Kiyev shunday javob qaytargan.

Gorbachyov The Sunday Times nashriga bergan intervyusida Qrim va Sevastopolning Rossiyaga qo‘shib olinishini to‘g‘ri qaror deb bilishini aytdi. «Men har doim insonlarning erkini yoqlayman, Qrimda esa ko‘pchilik Rossiyaga qo‘shilishni istadi», — degandi u.

Shuningdek, ukrainaliklar Poroshenkodan Gorbachyovni Nobel mukofotidan mahrum qilish tashabbusiga qo‘shilishni so‘rashgan.

Top