14:19 / 26.05.2016
4203

Xitoy TIV: G7 mamlakatlari siyosatni muhokama etishda ikki xil me'yorlarni qo‘llamasligi kerak

Xitoy hukumati G7 mamlakatlarini siyosiy masalalarni muhokama etishda ikki xil yondoshuvga yo‘l qo‘ymaslik va iqtisodiy muammolarga ko‘proq e'tibor qaratishga chaqirmoqda. Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, "katta yigirmatalik" guruhi sammitiga tayyorgarlikka bag‘ishlangan Xanchjou shahrida tashkil etilgan maxsus matbuot anjumanida shu haqda bayonot bergan. 

"Ma'lumki, G7 - bu asosan iqtisodiy masalalarni muhokama etish maqsadida tashkil etilgan forumdir. Shunday ekan, u iqtisodiy va moliyaviy muammolar hamda zamonaviy dunyoning taraqqiyotiga oid masalalarga e'tibor qaratishi maqsadga muvofiq", - deb qayd etgan Van I. 

"G7 anjumanining boshqa mavzulariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu savol "yettilik" mamlakatlariga qaratilgandir. Ular nimani muhokama qilishmasin, umid qilamizki, ikki xil standartlar qo‘llash o‘rniga xolis va hissiyotlarga berilmasdan fikrlarini bildirishadi", - deb qayd etgan Xitoy tashqi ishlar vaziri. 

Eslatib o‘tamiz, "yettilik" sammiti 26 may kuni Yaponiyaning Mie prefekturasidagi Ise-Sima milliy parkida o‘z ishini boshladi. U ikki kun davom etadi.

Top