16:06 / 26.05.2016
8285

Xitoyda 66ta juftlik ishtirokida ommaviy to‘y marosimi o‘tkazildi

Xitoyning Xebey provinsiyasida 66 juftlik qatnashgan ommaviy to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Daily Mail.

Bu Xan sulolasi davri uslubidagi marosim bo‘ldi.

"Marosimning o‘zi ming yillar ilgari paydo bo‘lgan, hozirgi zamonda esa uni taxminan 20 daqiqada o‘tkazish mumkin", - deb yozadi gazeta. 

Nashrning ma'lum qilishicha, Xebeydagi birinchi xalqaro ommaviy to‘yda 66ta juftlik ishtirok etgan. Sevishganlar Boxayvan ko‘rfazida an'anaviy liboslarda muhabbat izhor etib, butun umr bir-birlariga sodiq qolishga qasam ichishdi. 

So‘nggi paytlarda Xitoyda Xan sulolasiga qiziqish qayta jonlandi. Ommaviy to‘y marosimlari mamlakatda ancha mashhur, bunday marosimlarda yuzlab juftliklar qatnashishi mumkin. 

Bundan avval Hindistonda 150 nafar  juftlik ishtirokida ommaviy to‘y marosimi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

 

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.

Top