00:22 / 26.05.2016
9399

Kerri Savchenkoning ozod etilishiga izoh berdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiyada sudlangan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoning ozod etilishini qarshiladi. Bu haqda Kerrining AQSh Davlat departamenti saytidagi bayonotida aytildi

"Men Savchenko Ukrainaga qaytgani hamda Ukraina hukumatining mamlakat hududida qo‘lga olingan va terrorchilikda ayblangan ikki rossiyalik harbiyni ozod qilish bo‘yicha insonparvarlik qarori haqidagi xabarni qarshilayman", deb aytdi Kerri.

Kerrining aytishicha, Savchenkoning ozod etilishi Rossiyaga Minsk kelishuvlarini amalga oshirishda turtki berishi kerak.

Ukrainalik uchuvchi rossiyalik Yevgeniy Yerofeyev va Aleksandr Aleksandrovga almashtirildi.

Top