12:02 / 26.05.2016
3867

Liviya mamlakatda britaniyalik harbiylar borligi xaqida bayonot berdi

Liviya hukumati, britaniyalik harbiylar IShID terrorchilik guruhining mamlakatdagi jangarilariga qarshi maxsus amaliyot o‘tkazgani xususida ma'lum qilyapti, deb yozmoqda The Times gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda. 

Harbiy komandir Muhammad Durotning nashrga bildirishicha, Britaniya maxsus harbiy bo‘linmasi, Liviyaning Misrat shahrida jangarilarning portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan ikkita yuk mashinasini raketalar yordamida yo‘q qilgan.  

Gazetaning qayd etishicha, mazkur xabar IShIDning Liviyadagi bo‘linmasiga qarshi kurashda britaniyalik harbiylar ishtirokini tasdiqlovchi ilk xabardir. 

Bundan avval, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Filipp Xammond, kelajakda Angliya hukumati Liviyadagi IShIDga qarshi kurash uchun o‘z harbiy bo‘linmalarini yuborishga zaruriyat paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Top