10:55 / 26.05.2016
6026

Putin YeI bilan munosabatlar haqida: Yechimi yo‘q masalalar bo‘lmaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida hal qilib bo‘lmaydigan masalalar yo‘qligini bildirib o‘tdi. U "bitta darvozaga qarshi o‘ynash"dan tiyilishga chaqirgan. Bu haqda «Katimerini» gazetasida yozilgan.

"Bizning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarimizda hal qilib bo‘lmaydigan muammolar yo‘qligini aytishim mumkin. Biz ko‘p tomonlama hamkorlik yo‘liga qayta olamiz, faqat buning uchun "bir darvozaga qarshi" o‘ynamaslik kerak, barcha bir-birining qiziqishlari va manfaatlarini hisobga olishi zarur", degan Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Yevropa Ittifoqi yo‘lning ayrilish qismiga kelib qolgan, lekin hozirda "munosabatlarning kelgusidagi ko‘rinishini belgilab olish va qanday yo‘nalishda harakatlanish"ni aniqlab olish kerak.

Rossiya rahbari 27-28 may kuni Gretsiyaga tashrifini amalga oshiradi.

Top