12:21 / 27.05.2016
8942

Qirg‘iziston prezidenti harbiylarni qora kuchlar hujumiga tayyor turishga chaqirdi

Jahondagi tarang vaziyat tufayli Qirg‘iziston qurolli kuchlari mamlakatga xavf soluvchi har qanday qora kuchlar hujumiga tayyor turishi kerak. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat qurolli kuchlari kuni bilan qilgan chiqishida aytib o‘tdi.

«Bugungi kundagi tarang vaziyatni hisobga oladigan bo‘lsak, qurolli kuchlarimiz vatanni himoya qilishlari uchun har qanday qora kuch hamlasiga doimo tayyor turishlari kerak», — dedi u.

Prezident qora kuchlar deganda terrorizm, ekstremizm, ichki mahalliy, yer, suv va chegaraviy muammolarni nazarda tutganligini ma'lum qildi.

Top