19:32 / 27.05.2016
5166

Mataning vakillari Mourinodan futbolchining kelajagi bo‘yicha aniqlik kiritishni so‘rashmoqchi

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Huan Mataning vakillari futbolchining yangi bosh murabbiyi Joze Mourino tuzadigan yangi jamoadagi o‘rniga aniqlik kiritilishini istashmoqda.

2014 yilda ham shunday bo‘lgan, o‘shanda «Chelsi» a'zosi bo‘lgan ispaniyalik futbolchining maslahatchilari mavsum arafasida o‘sha vaqtdagi bosh murabbiy Mourinoning asosiy tarkib borasidagi rejalariga qiziqishgandi va undan Mataning kelajagiga oydinlik kiritishni so‘rashgandi.

Daily Mail ma'lumotiga ko‘ra, o‘shanda murabbiy Matani asosiy tarkibga kiritmoqchi emasligini aytgan, shundan so‘ng 3 haft o‘tib futbolchi «MYu»ga o‘tgandi.

Top