22:18 / 27.05.2016
10460

Novosibirskdagi diniy marosimlar xizmatlari byurosi iPhone ko‘rinishidagi qabr toshi taklif qilmoqda 

Novosibirskda "Belyy topol" ko‘rgazmasida diniy marosimlar xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniyalardlan biri iPhone 4 ko‘rinishidagi qabr toshini namoyish qildi. Bu haqda "Komsomolskaya pravda" nashri xabar bermoqda

Qabr toshi ukrain bazaltidan yaratildi. Uning narxi 35 ming rublni, o‘rnatish bo‘yicha xizmat haqi esa 30 ming rublni tashkil qiladi. Bunday qabr toshidan Krasnoyarskdagi buyurtmachiga yuborilgan.

Qabr toshi iPhone 4’ning aniq nusxasi bo‘lib, unda nafaqat smartfon bilan mutanosiblik, balki orqasida haqiqiy smartfondagidek yozuvlar ham mavjud.

"To‘g‘risini aytsak, biz bu g‘oyani "VKontakte"dan oldik. U yerda kimdir shunga o‘xshash fotokollaj qilibdi, bu esa mijozlarimizdan biriga yoqqan va biz unga iPhone ko‘rinishidagi qabr toshini yasab berdik", deb aytdi nashrga byuro direktori Pavel Kalyuk.

Bunday xizmatni taqdim qiluvchi firmaning nomi oshkor qilinmagan, biroq ma'lumotlarga ko‘ra, Kalyuk Novosibirskdagi "Avtograf" MChJga boshchilik qiladi. Korxona yodgorliklar uchun toshni kesish, ishlov berish va bezash bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq Apple rahbari Tim Kuk Amsterdamdagi tadbirda 1670 yilda chizilgan suratda iPhone tasvirini ko‘rgani haqida so‘zlab bergandi.

Top