23:38 / 27.05.2016
10973

Pentagon rahbari: Rossiya va Xitoy butun dunyo bo‘ylab tajovuzkor siyosat yurgazmoqda

AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyatining fikricha, AQSh qurolli kuchlari yaqin orada butun dunyo bo‘ylab duch keladigan bosh muammolardan biri Rossiya va Xitoyning tajovuzkor tashqi siyosati hisoblanadi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Annapolisdagi Harbiy-dengiz akademiyasi bitiruvchilari oldida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

"Kelajakda biz Rossiyaning tajovuzkor va zo‘ravonlik siyosatiga duch kelamiz. Xitoy ko‘tarilayotgani yaxshi, biroq o‘zini tajovuzkor tutishi yomon", deb aytdi Karter.

Karter AQSh xavfsizligiga tahdid solayotgan asosiy xavflar qatorida IShID terrorchilik guruhini aytdi. Pentagon rahbari IShIDni Iroq va Suriyada paydo bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgan saraton o‘simtasiga qiyosladi.

Top